
Zidan Hakimining transferiga izoh berdi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ashraf Hakimining "Inter"ga transferi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
"U mavsumni yaxshi o‘tkazdi, ammo klubning iqtisodiy va sport bilan bog‘liq tomonlari bor. Hozir u haqida gapiradigan vaqt emas. Yaqin vaqtlar ichida ko‘p ishlar yuz berishi mumkin, biroq men sport bilan bog‘liq jihati haqida gapirmoqchiman.
Hakimi bilan bog‘liq vaziyat men uchun qiziq, biroq bu klubning qarori. Bu joyda uch tomonni klub, futbolchi va murabbiyning manfaati bor", - deydi Zidan.
Fikrlar