Zidan hamyurtiga ishonmoqda

  • 27.12.2020 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Qirollik klubi” rahbariyati yoshi o‘tib qolayotgan futbolchilar o‘rniga yoshlarni olish maqsadida turli pozitsiyalarga jamoa o‘yinini kuchaytirishga qodir o‘yinchilarni qidirmoqda.

Xususan, madridliklar jahon chempioni Toni Kroos va “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrichga munosib o‘rinbosar qidiryapti. Bosh murabbiy Zinedin Zidanga “Lion” yarim himoyachisi Ussem Auarning maydon markazidagi o‘yini juda ma’qul kelmoqda. Shu bois, madridliklar bu futbolchi uchun kurashayotgan jamoalar safiga qo‘shildi.

“Real” xo‘jayinlari 22 yoshli futbolchining transferi uchun talab qilinayotgan 45 million evroni to‘lashga tayyor. Biroq, Auarni olish oson bo‘lmaydi. Chunki bu futbolchiga “Arsenal”, “Manchester Siti” “Yuventus” va PSJ kabi qudratli jamoalardan jiddiy takliflar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!