Zidan ishonmagan futbolchini uchta jamoa kutmoqda

  • 12.08.2020 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”, “Napoli” va “Latsio” madridliklarning yosh himoyachisi Serxio Regilon uchun jiddiy kurashmoqda. Serxio “Sevilya”dagi ijara davrida barqaror o‘yini bilan qator klublar e’tiborini qozondi. Shunday bo‘lsa-da, ispan himoyachisining bu harakatlari Zinedin Zidanning ishonchini oqlash uchun kamlik qilmoqda.

“Chelsi” ustozi Frenk Lempard 23 yoshli futbolchini chap qanot himoyasida Markos Alonsuning o‘rini bosa olishiga ishonmoqda. Inglizlar Regilonga asosiy tarkibdan joy berishga va’da qilmoqda.

“Real” o‘zi tarbiyalagan futbolchini 18 million funtga baholamoqda. U yakunlangan mavsumja 31 ta o‘yinda to‘p surdi va ikkita gol hamda to‘rtta  golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!