Zidan kimni kutyapti?

  • 15.10.2020 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati transferlar mavsumida asosiy e’tiborini Kilian Mbappe, Erling Xoland va Eduardo Kamavinga singari yosh iste’dod egalariga qaratishini e’lon qilgan edi.

Biroq, bosh murabbiy Zinedin Zidan hamyurti Pol Pogbani olish fikridan qaytmayapti va rahbariyatdan uni transfer qilishni so‘ramoqda.

Avvalroq, madridliklar rahbariyati Pogbaning maoshi kattaligi tufayli uni olish fikridan qaytganini e’lon qilgandi. Mohir futbolchi yiliga 15 million evro miqdorida maosh oladi. “Manchester Yunayted” yangi shartnoma tuzishga shoshilmayotgan Pogbani 114 million evroga sotmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!