Zidan murabbiylikka qaytmoqda

  • 16 aprel, 2022, 21:04
  • 0
  • Futbol

“Real”dan ketganidan beri futboldan chetda yurgan Zinedin Zidan yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi kutilmyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik mutaxassis PSJni boshqarish bo‘yicha taklifni qabul qilib olgan va uni o‘rganib chiqmoqda.

O‘z navbatida, klub mutasaddilari ham Zidanni ko‘ndirishga jiddiy kirishgan, deb xabar bermoqda Le Parisien nashri.  Chunki PSJ xo‘jayinlari jamoani Zidan boshqarsa, Kilian Mbappe hamkorlikni uzaytirishiga ishonch bildiryapti.

Zidan Madrid klubidan ketganidan beri Frantsiya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha mamlakat federatsiyasidan taklif kutdi. Biroq, federatsiya Dide Deshamga ishonch bildirishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!