
Zidan o‘ynatmagan futbolchini Angliya grandlari talashmoqda
“Real” asosiy tarkibiga kira olmasdan ijara asosida “Arsenal” sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Martin Edegor faoliyatini Angliyada davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Zinedin Zidan kelasi mavsumda ham norvegiyalik futbolchiga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi va klub rahbariyatiga uni sotib yuborish uchun ruxsat berdi.
O‘z navbatida, birinchi o‘rinda “Arsenal” Edegor bilan uzoq muddatli shartnoma qilib, yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoani aynan uning atrofida qurmoqchi.
Endi Zidanga kerak bo‘lmay qolgan iste’dodli yarim himoyachini “Chelsi” va “Liverpul” ham o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.
“Arsenal” edegor uchun 35 million evro taklif qilmoqda. Madridliklar esa, bu o‘yinchi ni 58 million evroga baholagan. Bu summa “kanonirlar”ga og‘irlik qiladi, lekin “Chelsi” va “Liverpul” uchun ortiqcha muammo emas.
Fikrlar