
Zidan Pogbadan nega yuz o‘girdi?
“Real” yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida Pol Pogbani olishni rejalashtirgan edi. Biroq, Zinedin Zidan o‘z hamyurtini taklif qilish fikridan qaytdi. Bunga ko‘p jihatdan Pogbaning 150 million evroga baholanayotgani sabab bo‘ldi.
Madridliklar mashhur futbolchi o‘rniga klub tizimida yurgan urugvaylik Federiko Valverdeni yulduz darajasiga ko‘tarmoqchi.
22 yoshli yarim himoyachi 2016 yili “Penyarol”dan olib kelingan. Bir necha mavsum “Real Kastilya” va ijara asosida “Deportivo”da to‘p surgan futbolchi o‘tgan mavsumda “Real”ning asosiy jamoasidan muqim o‘rin egalladi.
Zidanning ishonchini oqlab kelayotgan Federiko 33 ta uchrashuvda ikkita to‘p kiritdi. Iste’dodli yarim himoyachi 22 yosh bo‘lishiga qaramay, Urugvay va Ispaniya chempionligiga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar