
Zidan "Real"da "Lion" futbolchisini ko‘rmoqchi
"Lion" yarim himoyachisi Tangi Ndombele “Real” Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
El Confidencial nashrining ma’lum qilishicha 22 yoshli futbolchining xizmatlariga shaxsan “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan qiziqib qolgan va uni o‘z jamoasi safida ko‘rishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ndombelega PSJ, "Yuventus", "Manchester Siti" va "Barselona" kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ndombele joriy mavsum “Lion” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar