Zidan "Real"ga qaytadimi?

  • 30 aprel, 2023, 23:24
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning “Real” klubi Zinedin Zidanni bosh murabbiylikka qaytarish niyatida emas.

Oldinroq Zidan "Real"ga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" Zidanni qaytarish niyatida emas. Klub rahbariyati Karlo Anchelottiga ishonadi va keyingi mavsumni rejalashtirishda u bilan maslahatlashadi.

Anchelotti va Florentino Peres o‘rtasidagi munosabatlar italiyalik mutaxassisning "Real" Madriddagi faoliyati davomida har qachongidan ham yaxshiroq. Anchelotti 2024 yilning yozida tugaydigan shartnomasi oxirigacha "qaymoqranglilar" jamoasida ishlash niyatida.

Bundan tashqari, nashr Zidanning o‘zi ham "Real" bilan aloqa o‘rnatmaganini yozmoqda. Frantsiyalik murabbiylik faoliyatini davom ettirishning mumkin bo‘lgan variantlari orasida PSJ va "Yuventus" bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!