
Zidan "Real"ni boshqarish bo‘yicha del Boskega etib oldi
Kecha “Valensiya”ga (4:1) qarshi kechgan o‘yin Zinedin Zidan uchun “Real” boshqaruvidagi 153-o‘yin bo‘ldi.
Frantsiyalik mutaxassis “Qirollik klubi”da eng ko‘p o‘yin boshqargan murabbiylar reytingida Visente del Boskega tenglashdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Oldinda faqat Migel Munos bormoqda. U “Real” bosh murabbiyi sifatida 424 ta o‘yin boshqargan.
“Real” Zidan boshqaruvidagi o‘yinlarda 104 ta g‘alaba, 30 ta durang va 19 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar