Zidan yozda "Real"dan ketadigan 3 nafar futbolchi nomini e’lon qildi

  • 6 may, 2019, 21:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etadigan 3 nafar futbolchini ma’lum qildi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik mutaxassis yangi mavsumda Daniel Sebalos, Markos Lorente va Garet Beyllarni tarkibda ko‘rmoqchi emas. U xatto bu haqda ushbu futbolchilarning o‘zlariga ham shaxsan aytgan.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Sebalos esa 23ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol urdi. Lorente esa La Ligada bor yo‘g‘i 6ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!