Zidanga Keyn kerak emas
Qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana "Real"ga qaytgan Zinedin Zidan "Tottenxem" forvardi Garri Keynning xizmatlariga qiziqish bildirmayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik mutaxassis 250 mln evroga baholanayotgan 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun sarflanadigan mablag‘ni Eden Azar ("Chelsi") yoki Kiliana Mbappeni (PSJ) sotib olishga sarflamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvaloq Zidan yozda “Real”ga “Liverpul” forvardi Sadio Maneni olib kelmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar