
Zidanning kelishi Deshamga bog‘liqmi?
Zinedin Zidan Dide Deshamning o‘rnini egallashi mumkin.
"L'Équipe" nashri xabariga ko‘ra, Desham Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor.
Biroq "Evro-2024"gacha emas, balki, keyingi mundialgacha shartnoma taklif qilinsagina bunga rozi. Jamoa ustozi keyingi jahon birinchiligida ham "uch ranglilar" bilan ishtirok etmoqchi.
Zidan Deshamning Frantsiya bilan kelajagi borasidagi rasmiy qarorini kutmoqda. Yanvar oyida FFF rahbari Noel Le Gre 54 yoshli mutaxassis bilan uchrashib, uning kelajagini muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Dide Desham qo‘l ostida Frantsiya 2018 yilda jahon chempioni, 2021 yilda Millatlar Ligasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, "Evro-2016" va "JCh-2022" finalida ishtirok etdi.
Fikrlar