Zidanning shogirdiga yangi xaridor chiqdi

  • 26.08.2020 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvaylik to‘purar Edinson Kavani bilan kelisha olmagan “Benfika” e’tiborini “Real” hujumchisi Mariano Diasga qaratdi.

Tecno

Madridliklar bosh  murabbiyi Zinedin Zidan dominikanlik hujumchini kelajak rejalariga kiritmagan va klub futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. “Benfika” Mariano Diasni yangi mavsumda ijara asosida o‘ynatib, keyingi yilga uning transferini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Dias “Real”ning asosiy tarkibiga kira olgani yo‘q. U so‘nggi ikki mavsumda atigi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!