
Zinchenko: "Kuchli uchlik"ni unuting!", deganimda kulishgandi
"Arsenal" futbolchisi Aleksandr Zinchenko "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men yigitlarga kiyinish xonasida ham ko‘p gapirardim. Ularga "kuchli uchlik" degan narsani unutinglar! Biz chempionlik haqida o‘ylashimiz kerak", - degandim.
Ular o‘shanda kulishgandi. Ammo hozir hech kim bunday qilmayapti. Hammasi maqsadga bog‘liq. U qanchalik jiddiy bo‘lsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi", - dedi ukrainalik himoyachi.
Fikrlar