Zinchenko Ronaldudan o‘zib ketdi
"Manchester Siti"ning ukrainalik futbolchisi Aleksandr Zinchenko faoliyati davomida 3-marta Angliya premer-ligasida g‘olib bo‘ldi.
Zinchenko bu borada afsonaviy Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Portugaliyalik yulduz o‘z vaqtida "Manchester Yunayted" safida 2 marta Angliya chempioni bo‘lgan.
Yana bir muhim jihati, Zinchenko 3 karra chempion bo‘lish uchun “Manchester Siti”da 5 yil o‘ynadi. Ronaldu 2 marta chempion bo‘lish uchun “Manchester Yunayted”da 6 yil to‘p surdi.
24 yoshli Zinchenkoning professional faoliyatida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni 9 taga etdi. U 3 karra APL g‘olibligidan tashqari, 4 marta Angliya liga kubogi, 1 marta Angliya kubogi va 1 marta Angliya Superkubogida zafar quchgan.



Fikrlar