
Zlatan "Milan"dan ketadimi?
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar “rossonerilar”ning texnik direktori Paolo Maldini jamoadan ketsa, uning ortidan 38 yoshli shved ham milanliklar safini tark etadi.
Bundan avvalroq esa Maldini o‘rniga germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Zlatan “Milan” safida 2020 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 10 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar