Zlatan qachon "Milan"ga yordam bera oladi?

  • 14 dekabr, 2020, 15:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoa to‘purari Zlatan Ibragimovich qachon safga qaytishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi “Jenoa”ga qarshi o‘yingacha sog‘ayadi. Aytish kerakki, ushbu bellashuv 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ibragimovich joriy mavsum A Seriyaning 6 ta bahsida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Milan” esa 27 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!