
Zohid Abdullaev Gennadiy Krasnitskiy klubi a’zosiga aylinishi mumkin
Bugungacha Zohid Abdullaevning O‘zbekiston chempionati va Kubogi bahslarida kiritgan jami gollari soni 98 tani tashkil etadi. Shulardan 68 tasini u milliy chempionat o‘yinlarida kiritgan.
Agarda, Abdullaev yana ikki gol kiritsa, Gennadiy Krasnitskiya klubining 31-a’zosiga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Zohid Abdullaev Bekobodning “Metallurg” jamoasida 2010 yilgi mavsumdan buyon to‘p surib keladi. Oraliqda ikki mavsum (2013 yili “Nasaf”, 2014 yili “Neftchi”) boshqa jamoalar sharafini himoya etgan.
Fikrlar