Zohid Abdullaev Gennadiy Krasnitskiy klubining 31-a’zosiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi bo‘limdan so‘ng bekobodliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun kelishmoqda. E’tiborlisi, "ma’danchilar" tarkibida kiritilgan uch golning ikkisiga Zohid Abdullaev mualliflik qildi.

Shu tariqa Zohid Abdullae O‘zbekiston chempionati va kubogi uchrashuvlarda kiritgan gollari sonini 100 taga etkazib oldi va Gennadiy Krasnitskiy klubining 31-a’zosiga aylandi. Abdullaev 100 ta golning 70 tasini milliy chempionat doirasida, qolganini kubok bahslarida kiritgan.

Ma’lumot uchun, Zohid Abdullaev Bekobodning “Metallurg” jamoasida 2010 yilgi mavsumdan buyon to‘p surib keladi. Oraliqda ikki mavsum (2013 yili “Nasaf”, 2014 yili “Neftchi”) boshqa jamoalar sharafini himoya etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!