Zohid Kenjaev “German Open ” turnirini g‘alaba bilan boshladi

TIGGO 2 PRO

Stol tennisi bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Zohid Kenjaev ayni kunlarda Germaniyaning Magdeburg shaharida tashkil etilayotgan "ITTF World Tour Platinum German Open – 2020" turnirida ishtirok etmoqda.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan Zohid Kenjaev mazkur musobaqaning ilk davrasida Livan vakili Toriq Mahrumni 4:0 hisobida taslim etdi.

Endi hamyurtimiz ikkinchi davrada  xitoylik, biroq stol tennisi musobaqalarida Ukraina sharafini himoya qilayotgan Li Kou bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!