Zohid Karimov Ispaniyadagi yurishini boshladi

BEPUL PROPAN
Zohid Karimov Ispaniyadagi yurishini boshladi
 
Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoamiz a’zosi Zohid Kenjaev Ispaniyada Xalqaro stol tennisi federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Spanish Open" turnirini g‘alaba bilan boshladi.
 
Joriy yili Tokio shahrida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur musobaqaning ilk bosqichida Zohid Kenjaev rossiyalik Artur Abusevga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 4:1 (11:9, 3:11, 11:1, 11:8, 11:4) hisobida g‘alaba qozondi.
 
Endi stol tennischimiz Granada shahri mezbonlik qilayotgan turnirning 1/32 final bosqichida germaniyalik Benedikt Duda bilan kuch sinashadi. 
 
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammadali Badalov
07/02/2020 10:33
Zohid Karimovmas Zohid Kenjayev