"Zomin" tarkibida ham ayrim o‘zgarishlar bor
Pro-liga vakili “Zomin” jamoasi ham tayyorgarlikni reja asosida davom ettirmoqda. Qolaversa, transfer oynasi ochilgan paytda tarkibda ayrim o‘zgarishlar ham kuzatilyapti. Bosh murabbiy Jahongir Jiyamurodov jamoani kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Masalan, “Turon” jamoasini tark etgan Dilshod Xushbakov endilikda “Zomin” sharafini himoya qiladi. Bir qator yosh o‘yinchilar ham ko‘rikdan o‘tishayotganini aytish joiz.
Bundan tashqari, “Zomin” jamoasini hujumchi Shoxjahon Abbosov tark etdi.

Fikrlar