Zo‘r darvozabon mana shunday bo‘ladi!

  • 02.09.2022 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea Angliya premer-ligasining beshinchi turida “Lester”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bu uchrashuv ispaniyalik golkiper uchun 133-quruq o‘yin bo‘ldi. De Xea bu ko‘rsatkichi bilan “Manchester Yunayted” tarixida premer-ligada  eng ko‘p quruq uchrashuv o‘tkazgan kiperga aylandi. 31 yoshli posbon hamkasbi Edvin van der Sarning 132 ta golsiz o‘yindan iborat rekordini yo‘qqa chiqardi.

“Manchester Yunayted” mohir darvozabonni 2011 yili “Atletiko”dan transfer qilgan edi.  Shundan beri David barcha turnirlarda  491 ta uchrashuvda maydonga tushib, 167 marotaba o‘z darvozasi daxlsizdigini saqlab qolgan. 

David de Xea o‘tkazib yuborgan gollar soni esa 536 tani tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!