
Zoran Marushich "Paxtakor"ga o‘tyaptimi? Futbolchinig o‘zi javob berdi! (intervyu)
Namanganning "Navbahor" klubi hujumchisi Zoran Marushich SPORTS.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi. Serbiyalik forvard ortda qolgan mavsum va kelajak rejalari borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Navbahor”da mavsum qanday o‘tdi? O‘yiningizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- "Navbahor"dagi ilk mavsumimdan to‘liq qoniqish xosil qildim. Afsuski, uni sovrinsiz tugatishga majbur bo‘ldi. Bundan afsusdaman. O‘z o‘yinim haqida so‘z borar ekan, bundan ham yaxshiroq harakat qilishga qodir ekanligimni bilaman. Shunga qaramay, menimcha yomon o‘yin o‘tkazmadim.
"Paxtakor"ga o‘tasiz, deb eshitdik. Bu rostmi?
- Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Men bilan hech kim bog‘langani yo‘q. Balki, ikki klub o‘zaro muzokara o‘tgazgan bo‘lishi mumkin, ammo bundan mening xabarim yo‘q.
Klubingizning OChLdagi imkoniyati qanday bo‘ldi?
- Jamoaning OChLdagi imkoniyatlarini yuqori baholayman. Saviyali murabbiy va chin ishqibozlar yordamida klub xalqaro maydonda ham furor ko‘tarishiga umid qilaman. Bu klub kelasi mavsumda yanada kuchli bo‘lib qaytadi.
Bu jamoa muxlislari haqida nima deya olasiz?
-"Lochinlar" ishqibozlari O‘zbekistondagi eng yaxshilaridan biri! Har bir o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlagani kelagan barcha ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning borligi doim futbolchilar uchun qo‘shimcha kuch beradi.
Kelajakdagi rejalar qanday bo‘ladi? O‘zbekistondan yaxshiroq ligalarda o‘ynashni maqsad qilganmisiz?
- Dunyoning kuchli ligalarida to‘p surish barchaning orzusi. Har qanday futbolchi uchun bu ulkan sharaf. Men ham buni orzu qilishimni yashirib o‘tirmoqchi emasman. Hozir, kelajagim borasida biror narsa ayta olmayman. Tanlovni amalga oshirishim kerak. Qay biri menga foydali bo‘lishi borasida o‘ylayapman. Hozircha, yakuniy qaror chiqarganim yo‘q.
O‘zbekistonda sizni birinchi navbatda nima o‘ziga tortdi?
- Boy tarixga ega O‘zbekiston va go‘zal Toshkent!
Ayni damda JChda ishtirokini yakunlagan Serbiya haqida fikringiz qanday?
- Afsuski, Serbiya terma jamoasi JChdagi ishtirokini to‘xtatdi. Butun musobaqa muxlislik qildim, ammo yigitlarga omad etishmadi. Barcha vatandoshlarim singari men ham bu omadsizlikni juda yomon qabul qildim.
Yakunda kim chempionlikni qo‘lga kiritadi?
O‘ylashimcha, Frantsiya terma jamoasining imkoniyatlari yaxshiroq. Kuchli murabbiy qo‘l ostida "oltin tarkib" to‘p surmoqda. Pley-offdagi raqiblarga qaramay, Desham shogirdlarini musobaqada g‘alaba qozonish uchun eng asosiy favorit deb hisoblayman.
Fikrlar