«Andijon» chempionatning so‘nggi turlariga tayyorgarlikni boshladi
Birinchi liganing 34-turida safarda «Xotira-79» bilan o‘ynagan andijonliklar bir kunlik dam olishdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga kirishdi.
Kecha jamoa a’zolari klub qarorgohida yig‘ildi va chempionatning so‘nggi ikki turiga jiddiy hozirlik ko‘rishni boshlab yubordi.
Tushlikdan so‘ng futbolchilar Bo‘ston dahasida joylashgan «BO‘FM» maydonida tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bosh murabbiy Usmon Toshev va murabbiy Farruh Hamroev ma’lum sabablarga ko‘ra, kechagi mashg‘ulotda ishtirok eta olmadi. Shuning uchun mashg‘ulotlarga mahalliy murabbiylar - Iskander Galiulin, Rasul Rahmonov va Bekzod Turg‘unov boshchilik qildi. O‘tgan turni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuborgan Baxtiyor Qosimov navbatdagi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Afuski Akmal Ortiqov va Akmal Xolmatovni jaroxatlar bezovta qilmoqda. Ammo shunga qaramay ushbu futbolchilar ayni damda jamoa bilan birga bo‘lib, oliy ligaga chiqish yo‘lida jamoadoshlariga ruhan dalda bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, «burgutlar» 29 oktyabr, yakshanba kuni «Sog‘lom avlod» stadionida Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanining «G‘allakor» jamoasini qabul qiladi. 1 noyabr, chorshanba kuni esa chempionatning so‘nggi turida «Zomin»ni qabul qiladi. Har ikkala uchrashuvning boshlanish vaqti soat 15:00ga belgilangan.
Muxlislarni stadionga chorlaymiz! Zero, ishqibolarning daldasi «Andijon» uchun nihoyatda zarur!
«Andijon» matbuot xizmati.

Fikrlar