Azizbek Abdug‘ofurov va yana ikki nafar professional bokschimiz Toshkentda ringga chiqadi

  • 13 aprel, 2018, 15:40
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 5 may kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy jangida hamyurtmimiz Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Vladimir Chudinovga qarshi WBC Silver kamari uchun bahs olib boradi. Jang 12 raund davom etadi.

Tecno

Rossiyalik bokschi professional ringda 25 ta jang o‘tkazib, shulardan 21 tasida (13 nokaut) zafar quchgan bo‘lsa, yana 2 mag‘lubiyat hamda 2 durang qayd etgan.

Azizbek professional ringda 10 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Hozirda bokschimiz ushbu jangga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

Shuningdek, o‘sha kuni Olim Nazarov (20-5-0, KO14) va Umid Rustamov (3-0-0) ham ringga chiqishi kutilmoqda. Hozircha ularning raqiblari ma’lum emas.

Olim Nazarov so‘nggi jangini 27 mart kuni Angrenda Roman Saidovga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut qayd etgan bo‘lsa, 28 yanvar kuni Toshkentda Elyor Rahmonovni muddatidan oldin mag‘lub qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!