Ronalduning xet-trigi "Real Madrid"ning yirik g‘alabasini ta’minladi

  • 11 fevral, 2018, 06:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniya chempionati 23-turida Madridning "Real" jamoasi o‘z maydonida "Real Sosedad" futbolchilarini qabul qildi. 

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda muxlislar 7 ta golga guvoh bo‘lishdi. Yakunda "Real Madrid" 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani tantana qildi. 

Ushbu o‘yinda anchadan buyon "ishi yurishmayotgan" Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Real Madrid – Real Sosedad 5:2 (4:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 1 Vaskes, 2:0 – 27 Ronaldu, 3:0 – 34 Kroos, 4:0 – 37 Ronaldu, 4:1 – 74 Bautista, 5:1 – 80 Ronaldu, 5:2 –83 Ilyarramendi.

Real Madrid – Navas, Ramos, Marselo, Karvaxal, Varan, Vaskes (Isko, 63), Modrich (Kovachich, 63), Kroos, Asensio (Beyl, 73), Benzema, Ronaldu.

Real Sosedad – Ruli, Elustondo, de la Belya, Odriosola, Navas, Surutusa (Subeldiya, 60), Ilyarramendi, Kanales (Bautista, 60), Prieto, Oyarsabal, Xuanmi (Guridi, 83).

Ogohlantirishlar: de la Belya (47), Karvaxal (49), Kovachich (90)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!