
Dzyudochilarimiz Antalya Gran-prisida ishtirok etishadi
6-8 aprel kunlari Turkiyaning Antalya shahri dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Jahonning eng sara polvonlari ishtirok etadigan joriy turnirda vakillarimiz ham ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Vatandoshlarimiz 3 aprel kuni ertalab soat 8da Antalyaga uchib ketishdi. Terma jamoamiz murabbiylar shtabi Antalya gran-pri uchun quyidagi tarkibni tanlab olgan:
- Doston Ro‘ziev (-60 kg);
- Suhrob Tursunov (-81 kg);
- Muhammadkarim Xurramov (-100 kg);
- Bekmurod oltiboev (+100 kg);
- Diyorva Keldiyorova (-48 kg);
- Gulnoza Matniyozova (-78 kg).
Eslatib o‘tamiz, Mirzohid Farmonov o‘tgan yili ushbu musobaqada o‘z vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Ammo joriy yilda Mirzohid mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi. Shifokorlarning tashxisiga ko‘ra turnirda ishtirok etmaydi.
Fikrlar