
Erkin kurashchilarimiz ham Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qirg‘iziston poytaxtida sport kurashlar bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqada erkin kurashchilar ham chiqishlarini boshladi.
Erkin kurashchilarimizdan birinchi bo‘lib Mahmudjon Shavkatov 57 kg vazn toifasida birinchi bo‘lib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Polvonimiz dastlab Xitoy Taipeyi, chorak finalda Qozog‘iston terma jamoasi a’zolarini musobaqadan chiqarib yubordi. O‘ta murosasiz kechgan yarim final belashuvida esa eronlik Nodir Ahmad Hojig‘anyasamokoushini 10:9 hisobida dog‘da qoldirib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Uning finaldagi raqibi Yaponiya va KXDR a’zolari o‘rtasidagi bahsdan aniq bo‘ladi.
Shuningdek, terma jamoamizning qolgan a’zolari ham mag‘lubiyatsiz o‘z yurishlarini davom ettirishyapti. Xususan, Rio Olimpiadasi sovrindori Temurjon Usmonohunov (-65 kg), Ixtiyor Navro‘zov (-70 kg), Rashid Qurbonov (-79 kg) hamda Magomed Ibragimov (-97 kg) yarim finalgacha etib kelishdi.
Fikrlar