
Jo‘rabek Karimov bugun yarim final uchun o‘ynaydi
Ukrainada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidna “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda iste’dodli tennischimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning ikkinchi davrasida Jo‘rabeka italiyalik Andrea Bessireni har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Karimov, yarim final bosqichiga chiqish uchun ukrainalik Oleg Dolgosheevga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:30 da boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar