«Lokomotiv» Antaliyada dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi

  • 4 fevral, 2017, 13:05
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Antaliyada olib borayotgan «Lokomotiv» bugun dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Turkmaniston klubi «Oltin Asr» bilan kechgan nazorat bellashuvida «temiryo‘lchilar» 1:0 hisobida zafar quchishdi. O‘yinning 7-daqiqasida Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gol toshkentliklarga g‘alaba keltirdi. Bu vaziyatda to‘pni unga Maxaradze etkazib berdi.

Mazkur bahsda murabbiylar ikki xil tarkibni sinab ko‘rishdi. Birinchi taymda bir tarkib harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda boshqa futbolchilar to‘p tepishdi. Faqat Kaxi Maxaradze maydonda eng ko‘p o‘ynagan futbolchi bo‘ldi.

O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev intervyu berar ekan, barcha futbolchilarning harakatidan qoniqqanini aytib o‘tdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 3 fevral

LOKOMOTIV — OLTIN ASR 1:0

Gol: J.Masharipov, 7.

Birinchi taymdagi tarkib: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Muhammad Kone, Sherzod Fayziev, Salim Mustafoev, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Quvondiq Ro‘ziev, Jaloliddin Masharipov, Murod Bobojonov, Timur Usmonov.

Ikkinchi taymdagi tarkib: Ma’mur Ikromov, Shuhrat Muhammadiev, Bobur Yo‘ldoshev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Diyor Turopov, Salamat Qutiboev, Timur Kapadze, Marat Bikmaev, Kaxi Maxaradze (Muhammad Kone), Sardor Mirzaev (Azizbek Omonov), Nore Krizo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!