
«Lokomotiv» Antaliyada to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Antaliyada olib borayotgan «Lokomotiv» 13 fevralga qadar shu erda bo‘ladi. Bu orada «temiryo‘lchilar» to‘rtta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishadi.
Dastlabki sinov-nazorat bahsi 3 fevral kuni Turkmanistonning «Oltin Asr» jamoasiga qarshi kechadi. Keyin 6 fevralda futbolchilarimiz Bosniya va Gertsegovinaning «Saraevo» FK klubi bilan kuch sinashishadi.
«Lokomotiv» Antaliyada mavsum-oldi yig‘inini boshladi | Fotojamlanma
Keyingi ikkita bahs esa Qozog‘iston va Ukraina jamoalari bilan bo‘ladi. 10 fevralda «Ordabasi», 12 fevralda esa «Zarya»ga qarshi nazorat bellashuvini o‘tkazamiz.
«Lokomotiv»ning Antaliyadagi o‘rtoqlik o‘yinlari:
3 fevral. «Lokomotiv» — «Oltin Asr»
6 fevral. «Lokomotiv» — FK «Saraevo»
10 fevral. «Lokomotiv» — «Ordabasi»
12 fevral. «Lokomotiv» — «Zarya»
«Lokomotiv» klubi matbuot xizmati
Fikrlar