
«Olmaliq» safida ko‘rikdan o‘tayotgan legioner futbolchi klub bilan xayrlashdi
«Olmaliq» klubi navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Antaliyada mavsum-oldi yig‘inini o‘tkazmoqda.
Jamoa kelayotgan mavsum avvalidan o‘z safini kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Jumladan Yosip Soljich ham «Olmaliq» klubi tarkibida Antaliyadagi mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan edi.
Klub matbuot xizmatini xabar berishicha «Akjayik»ka qarshi o‘yinda jamoa safida maydonga tushgan xorvatiyalik Yosip Soljich jamoada qolmaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «Olmaliq» o‘zining dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Qozog‘istonning «Akjayik» klubini yirik hisobda mag‘lub etgan edi.
Fikrlar