​“Liverpool” “Real” transferini barbod qilmoqchi

  • 19.02.2026 09:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Oxirgi paytda Yevropa matbuoti va nufuzli manbalar Angliya chempioni “Liverpul”"ning yetakchi yarim himoyachisi Dominik Soboslayni Madridning “Real” klubi bilan bog‘lamoqda.

Vengriya milliy terma jamoasi murabbiyi Marko Rossi bu mish-mishlarga yanada kuch berdi. Uning aytishicha, Soboslay bolaligidan “Real”da o‘ynashni orzu qilgan.

Bir necha manbalar Soboslay madridliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgani, “Qirollik klubi” taklif qilgan maosh o‘yinchi “Liverpul”dan talab qilgan miqdorda ekani, o‘yinchi Madriddga ko‘chib o‘tishga rozilik bergani haqida yozdi.

Barcha gap-so‘zlarga qaramay, “Liverpul” rahbariyati vengriyalik futbolchini sotishni rejalashtirmayapti.

TEAMtalk xabar berishicha, mersisaydliklar Soboslay bilan shartnomani uzaytirishni maqsad qilgan va muzokaralar davom etmoqda.

25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi uni “Liverpul” bilan 2028 yil o‘rtasigacha bog‘lab turadi. Futbolchi vakillari klubdan Soboslayning mehnat haqini o‘yinigga yarasha sezilarli darajada oshirishni so‘ragan.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 85 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!