Bronza medali sohibi ("Bunyodkor" va "Do‘stlik AIN") ertaga aniqlanadigan bo‘ldi (foto)
"O‘zbekiston" sport majmuida mini-futbol bo‘yicha XXI mamlakat milliy chempionatining bronza medallari uchun "Bunyodkor" va "Do‘stlik AIN" jamoalari o‘rtasida ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘yinda "Do‘stlik AIN" 4-2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, bugungi bellashuvda "Bunyodkor"ning qo‘li baland keldi: 4-3.
Ertaga soat 15:00 da "O‘zbekiston" sport majmuida "Bunyodkor" va "Do‘stlik AIN" jamoalari uchinchi bor maydonga tushadi. G‘oliblik kimga nasib etgan bo‘lsa, bronza medali o‘shaniki!













Fikrlar