Jahon chempionati: Bilolbek kuchli zarbalari bilan rossiyalik raqibini dovdiratib qo‘ydi
Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalida o‘zbek yigiti Bilolbek Mirzarahimov rossiyalik Beslan Hamzaev bilan kuch sinashdi.
60 kilogramm vazn toifasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv oldidan ko‘pchilik rossiyalik bokschining g‘alabasini taxmin qilgandi. Biroq, kuchli zarba, mustahkam himoya va ajoyib taktik ko‘nikmalarga ega bo‘lgan Bilolbek har qanday raqibni engishi mumkinligini namoyish etdi.
Bokschimiz har bir raundda raqibidan ustunlik qildi. Zarbalar hisobidagi ustunlik hakamlar qaydnomalarida ham aks etdi va natijada o‘zbek yigiti rossiyalik raqibini 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.
Iste’dodli bokschimiz finalga chiqish uchun turkiyalik Najot Ekinji bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Fikrlar