O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ikkinchi o‘yinda Tojikiston U-20ni mag‘lub etdi
Xabaringiz bor Futzal bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda o‘tkaziladigan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib borish uchun mashg‘ulotlarga kirishdi.
Yilning dastlabki yig‘in doirasida hamyurtlarimiz tojikistonlik yoshlar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi ma’lum qilingan edi. Kecha «O‘zbekiston» sport majmuasida ikki qo‘shni davlat yoshlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvida kuchlar teng kelgan edi (6 6).
Biroz avval esa Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 va Tojikiston U-20 terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Bugungi bahs ham gollarga boy bo‘ldi va unda vakillarimiz 5:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
28.01.2017, "O‘zbekiston" sport majmuasi
O‘zbekiston U-20 - Tojikiston U-20 5:3
Gollar: A.Usmonov 7, 32 (dabl pen.), 33, 37 (pen.), I.Xamroev 22 - Sh.Halimov 13, 20, 34
O‘zbekiston: 13.Doniyor Mahmudov, 5.Xushnur Erkinov, 7.Ilhom Xamroev, 13.Akbar Usmonov, 9.Said Rizo Mirsharofov, 4.Asli Muhammadiev, 23.Ravshan Ismatullaev, 11.Artur Aminov, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Aliakbar Bayburin, 19.Mehroj Xudoyberdiev, 3.Odil Xodiev, 1.Ramil Almamedov, 10.Timur Saydullaev, 22.Laziz Ubaydullaev, 2.Mirislom Miraliev, 12.Sunnat Anvarov, 15.Olim Voxidov.
Tojikiston: 23.Firuz Bekmurodov, 12.Sobir Gulyakov, 14.Nasim Sharipov, 7.Holid Soburov, 9.Fayzali Sardorov, 18.Muhammad Sharipov, 11.Muhammad Rajabov, 21.Shoxruh Hamidov, 20.Umedshon Kuziev, 5.Shavqat Halimov, 1.Masrur Mamadakimov.
Ogohlantirishlar: F.Bekmurodov 25, N.Sharipov 27, Sh.Hamidov 37

Fikrlar