Per-Yuge Erber muxlislarini xursand qildi

Frantsiyalik Per-Yuge Erber Monpele shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning chorak finaliga chiqdi.

Erber mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida belaruslik Ilya Ivashkani uch setda 4:6, 6:4, 6:2 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa "Open Sud de France" turnirining chorak finaliga yo‘l olgan Erber, kanadalik Denis Shapovalovga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!