
Aleksey Vatutin asosiy bosqichga yo‘l oldi
Rossiyalik tennischi Aleksey Vatutin Parij shahrida o‘tayotgan Frantsiya ochiq chempionatining saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Saralash bosqichining final uchrashuvida Aleksey ukrainalik Sergey Staxovskiyni 6:4, 1:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros"ning asosiy davrasiga yo‘l olgan Vatutinaning raqibi birozdan so‘ng aniqlanadi.
Fikrlar