Argentina terma jamoasi tarkibini Messi tuzadimi?
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa tarkibni Lionel Messi tuzadi, degan fikrlarni rad etdi.
- Ayrimlar Messi terma jamoaga o‘z do‘stlarini kiritadi, degan fikrlarni ilgari surmoqda, - dedi Edgardo Bausa. - Bu yolg‘on. Argentina kuchli futbolchilardan tarkib topgan jamoa. Biz bo‘lg‘usi jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritamiz.
Argentina terma jamoasi jahon chempionatining saralash turinirida 12-tur yakunlariga ko‘ra, 19 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
SPORTS.uz

Fikrlar