Artetaning “Barselona” qiziqishiga munosabati ma’lum bo‘ldi

  • 30.01.2024 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Barselona” jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi. 

Kataloniyaliklar ispaniyalik mutaxassisni hozirgi murabbiy Xavi Ernandesning o‘rnini egallashga nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, Mikel Arteta “Arsenal”dagi ishini davom ettirishni maqul ko‘rgan va Kataloniyaga bormaydi.

Arteta o‘rtamiyona jamoaga aylanib qolgan “Arsenal”ni bir necha mavsum ichida etakchilar qatoriga qaytardi. Uning qo‘l ostida “kanonirlar” bir bor Angliya kubogi, ikkki marta mamlakat Superkubogida zafar quchdi. O‘tgan mavsum londonliklar chempionatda ikkinchi o‘rinda yakunlab, kumush medal bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!