
Aziz Amonov legionerga aylanmoqda
Oldinroq Aziz Amonovni legionerga aylanishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandik. Uning transferi borasidagi so‘nggi xabarlarni "Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev shunday izohladi:
"Masala hal. Bir necha kun avval xabar berganimizdek, Aziz Amonov legionerga aylanmoqda. Futbolchi keyingi mavsumni BAAning "Xor-Fakkan" jamoasida o‘tkazadi. Avvalroq, OChLni yondirgan forvard bilan "Neftchi" xam qiziqib qolgandi".
Eslatib o‘tamiz, ushbu klubda yana bir legionerimiz Abdulla Abdullaev harakat qiladi.
Fikrlar