"Barsa" akademiyasi boy bergan "javohirlar"

“La Masiya” nomli “Barselona” akademiyasidan Ispaniya termasi uchun yuzlab juda etuk futbol yulduzlari etishib chiqqan. Bundan tashqari, klub akademiyasining yana ahamiyatli jihati shundaki, unda tarbiyalanganlar bosh jamoada ham o‘zlarini sinab ko‘rishlari uchun doimo imkoniyatlar yaratiladi. Albatta, ba’zida istisnolar ham bo‘lib turadi. 
“Barsa” akademiyasida tarbiya topib, jamoada o‘ziga joy topa olmay, kelajakni boshqa klubda qurishga harakat qilganlar haqida so‘zlashamiz. 
Bu futbolchilar, boshqa klublarda o‘ynab futbol tarixiga o‘z ismlarini muhrlashni uddalashdi. Maqolada Pike haqida so‘z bormaydi. U MYuga ko‘chib o‘tgan, ammo tezda o‘z “uyiga” qaytib, shu erda mashhurlikka erishgan. 

Ektor BELЬERIN

O‘ng qanot himoyachisi Ektor 8 yoshida Kataloniya klubi akademiyasiga kelib qo‘shiladi. Katta umidlar bilan futbolga qadam qo‘ygan o‘yinchi, skautlar Vengerga taklif qilishmaguncha hech qanday rivojlanishga erishmadi. O‘yinchida yorqin kelajakni ko‘ra olgan frantsuz murabbiyi unga qiziqish bildirib, tezda jamoasiga qo‘shib oldi. Qiziq tomoni, Belerin “Barsa” da qolishni juda xohlagan. Ammo “Arsenal” mutasaddilari uni qiziqtirib qo‘ya olgan. 

Natijada, 2011 yilda 16 yoshli futbolchi 500ming evro evaziga, Angliya klubiga ko‘chib o‘tadi. Asosiy jamoadagi debyut o‘yinini uch yil kutishiga to‘g’ri kelgan futbolchi, bunga 2014 yilda erishadi. Venger Belerinni Angliyadagi eng yaxshi o‘yinchilardan qilishga vada bergan edi va u buning ustidan chiqishga erishdi. Raqobatda boshqa futbolchilardan ustun kelgan Kataloniya tarbiyalanuvchisi hozirda o‘ng qanotning eng yaxshi himoyachilaridan biri. 
“Arsenal”ning omadsiz yillari futbolchiga ham ta’sir qilmay qolmadi. U hozirgacha Ispaniya termasinig uchta o‘yiniga chaqirilgan xolos. Ammo mutaxassislar va muxlislar unga ishonadi. 
Balki kun kelib, huddi maktabdoshi Pikedek o‘z “uyiga” qaytib, ikkinchi imkoniyatdan foydalanishga harakat qilib ko‘rar. 


Mauro IKARDI
Argentinalik Ikardi oilasi bilan 6 yoshida o‘z yurtini tark etib, Ispaniya ko‘chib o‘tgan. Shundan so‘ng Mauro o‘zining sportga ilk qadamlarini aynan shu yurtda qo‘yishiga to‘g’ri kelgan. Ikardining qobiliyatiga qiziqish bildirgan jamoalar ko‘pchilikni tashkil qildi. Shulardan eng maqbuli “Barselona” tomonidan berildi. U bu erda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va akademiyaning U-19 jamoasida ham asosiy o‘yinchiladan biri bo‘lishga erishdi. 
Ammo davom etishni uddalay olmagan futbolchi, 2011 yilda «Sampdoriya» klubiga ko‘chib o‘tdi. Avvaliga ijara asosida to‘p surgan futbolchini, Italiya klubi 300 ming evro evaziga sotib oldi. Ikardining o‘zi ham Kataloniya klubini tark etganidan afsuslanmaydi. Uning fikricha, o‘sha paytlardayoq uning o‘yini jamoa stiliga to‘g‘ri kelmasligini his qilgan. 


Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Mauroning oilasi “Barsa”dan yosh futbolchi uchun juda katta maosh talab qilgan. Klub esa bunday pulni bera olmasligini aytgan. Nima bo‘lishiga qaramay, Ikardi Italiyada “o‘zini” topdi. Hozirda Ikardi eng yorqin o‘yin namoyish etadigan hujumchilardan biri.
To‘g‘ri, agar uning xotini futbolchining jamoasi va shartnomalariga aralashmaganida u bundanda yorqin o‘yinlar ko‘rsatishi mumkindir. Ammo bular keying masala…

Jerar DEULOFEU
Deulofeuning Professional futbolga kirib kelishidagi ilk klub, uncha katta bo‘lmagan «Penya» klubi edi. U 9 yoshida “La Masiya”ga ko‘chib o‘tdi. Yosh talantli Jerar haqida gazetalar “bong” urishdi, mutaxassislar gapirishdi. Ammo bu futbolchiga o‘zini ko‘rsatishda yordam bera olmadi. Bosh jamoaga o‘tishni uddalay olmagan futbolchi ikki yilni ijarada- “Everton” va “Sevilya” klublarida o‘tkazdi. Shundan keyin u qadrdon Kataloniya jamoasini tark etishga qaror qildi. 
2015 yilda Deulofeu 6 million evro evaziga “Everton” a’zosiga aylandi. Xavbek Angliya jamoasiga juda tez moslashib ketdi. Ajoyib o‘yinlar ko‘rsatayotgan futbolchini, “Barsa” qayta sotib olish huquqidan foydalanib, Ispaniyaga qaytardi. Deulofeuning “Kamp Nou”ga qaytishi, na jamoa va na futbolchi uchun foydali bo‘ldi. Yarim yil o‘tib “Uotford”ga ijaraga berib yuborilgan futbolchi, 30 o‘yinda 10ta gol urdi, 5 bora gollarga assistentlik qildi. Jerar 2018/2019 yillardagi jamoasining eng yaxshi hujumchisiga aylandi. 
Balki futbolchining darajasi ispan klubidagi raqobatda dosh bera olmas, ammo unga ko‘proq imkoniyatlar berilsa, uning boshqa jamoalarda qayd etayotgan sermahsullik qobiliyati Ispaniyada ham “uyg‘onishi” hech gap emas. “La Masiya” da ham, “Barsa”ga futbolchi bo‘lib qaytganida ham unga ishonishmadi. 

Tyago ALЬKANTARA

Tyago Alkantara «Barselona» akademiyasiga ancha kech-14 yoshida kelib qo‘shildi.
Bungacha u «Flamengo», «Ureki» va «Kelme» klublarida shug’ullangan. 2008 yildan boshlab futbolchi asosiy jamoada mashg‘ulotlarga qo‘shilda, hatto asosiy jamoa sharafini himoya qilishga ham ulgurdi.
Ammo 3 yil o‘tibgina, futbolchi maydonda ko‘proq ko‘rina boshladi. Aynan o‘sha paytdagi bosh murabbiy Gvardiola unga ko‘proq ishonch bildira boshladi. Ammo yakunda futbolchi 2 yilgina asosiy tarkibda to‘p sura oldi, xolos. 
2013 yilda Gvardiola “Barselona”nit tark etdi. “Bavariya”dan qo‘nim topgan murabbiy Kataloniya klubidan Alkantarani taklif qiladi. Bu paytda futbolchi ham shuni chin dildan xohlab turgan edi. 
“Barsa” futbolchiga maosh o‘zgartirishlarisiz shartnoma taklif qildi. Bu esa futbolchining ketishida so‘nggi qarorga kelishiga yordam berdi. 25 million evro evaziga Germaniya klubiga o‘tgan futbolchining hozirda narxi 70 million evroga etgan va hozirda “Bavariya” klubining asosiy figuralaridan biri hisoblanadi. 


Sesk FABREGAS

Fabregas “Barselona” akademiyasi boy bergan eng katta “javohir”lardan biri. Chunki uning o‘yini aynan klubning falsafasiga to‘g’ri kelar edi. 
Venger futbolchi 16 yosh bo‘lganida, klubdan ketishi va Angliyaga ko‘chib o‘tishiga ko‘ndira oldi. Futbolchi ham o‘zining kelajagini ko‘ra olmagach, “Arsenal”ga qo‘shildi. 
U tezda London klubining asosiy “figura”siga aylandi. Ammo u doim “Barselona”ga qaytishga harakat qilgan. 2011 yilda bunday imkoniyat borligida, “Arsenal” rahbariyatidan uni qo‘yib yuborishlarini so‘raydi. 3 yil davomida “Kamp Nou”da ko‘rinish bergan futbolchi murabbiy tomonidan o‘ziga noqulay bo‘lgan nuqtada sinab ko‘rildi. U bu nuqtada to‘liq o‘ynab keta olmadi.


Oqibatda, futbolchi Londonning boshqa klubi “Chelsi”ga o‘tishga qaror qildi. Sesk yanvardan boshlab “Monako” klubiga ko‘chib o‘tdi. Uning faoliyati yorqin xotiralar bilan eslanishi aniq, ammo unda bundan ham yuqori marralarga erishish imkoni bor edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!