"Barselona" Italiyadan futbolchi olib kelmoqchi

  • 05.03.2023 20:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" Italiya chempionati vakilini nishonga oldi.

Adrian Rabo  yozda klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Hozirda 27 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘ynayotgan "Yuventus" futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi, biroq unga yiliga talab qilinadigan 10 million evroni to‘lashga tayyor emas.

"Fichajes" nashrining so‘zlariga ko‘ra, Adrianga "Barselona" jamaoasi qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi joriy mavsum shartnomasi yakunlanadigan frantsiyalik futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi mumkin.

Umumiy hisobda Rabo Turin klubi safida 157 ta o‘yinda maydonga tushib,  13 ta gol urdi va sheriklariga 8 ta samarali uzatma  berdi.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt"  portali Frantsiya terma jamoasi a’zosini 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!