“Buxoro” jamoasi YEChLda o‘ynagan serbiyalik vinger bilan shartnoma imzoladi
Serbiyalik qanot vingeri Vladimir Rodich endi "Buxoro" sharafini himoya qiladi!
Vladimir Rodich 1993 yil 7 sentabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida Serbiya, Shvetsiya, Turkiya, Norvegiya, Daniya kabi mamlakat chempionatlarida to‘p surgan.
2015-16 yillarda Shvetsiyaning “Malmyo” jamoasi tarkibida UEFA chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Real Madrid”, PSJ, “Shaxtyor” klublariga qarshi to‘p surgan. Undan tashqari Chernogoriya milliy terma jamoasi sharafini 5 ta uchrashuvda himoya qilgan.
"Buxoro" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi Rodichning katta tajribasi va mahorati yangi mavsumda ulkan marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi.

Fikrlar