"Chelsi", "Liverpul" va "Tottenxem" ko‘z tikkan futbolchi kim?

  • 11 yanvar, 2017, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
Angliya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan grand klublar tarkibi juda kuchli ekaniga qaramay, bu jamoalar yangi kuchlarni jalb qilishda davm etmoqda. Ayrim holatlarda manfaatlar to‘qnashib qolayotgani e’tiborga tushgan futbolchilarning transfer narxini ko‘tarib yubormoqda.
 
Bundesliganing o‘rtamiyona jamoalaridan biri "Kyoln"da tinchgina o‘ynab yurgan himoyachi Yonas Gektor Angliyaning "Chelsi", "Liverpul" va "Tottenxem" kabi grand klublari nishoniga aylanib qoldi.
 
 
Bu klublar o‘rtasida "Chelsi"ning imkoniyati yuqori baholanmoqda va Roman Abramovich jamoasi vakillari tez orada futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishni rejalashtirgan. 26 yoshli Yonas Gektor asli chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Biroq, bu futbolchi tayanch yarim himoyachi sifatida ham ishonchli o‘ynaydi.
 
Yonas Gektor joriy mavsumda Bundesligada 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!