BBC: Husanovga alohida rahmat!

  • 16.09.2025 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turini yakunlab bergan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” ishtirokidagi derbi hamon tahlil qilinmoqda.

Nufuzli manba –  bbc.com  ekspertlari har ikki jamoa muxlislaridan “shaharliklar”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yin haqidagi fikr-mulohazalarini so‘radi.

Sports.uz portali angliyalik fanatlarning uchrashuv borasidagi munosabatlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

“Manchester Siti” muxlislari:

Anurag:

Juda muhim g‘alaba! Erling Xoland va Fl Fodendan ajoyib o‘yin – ular avval ham “Yunayted”ga qarshi ko‘rsatgan yuqori darajadagi o‘yinlarini yana bir takrorlashdi.

Uchrashuv ilk daqiqalardan manzur keldi. Darvozani qo‘riqlagan Janluiji Donnarumma va himoyada juda ishonchli o‘yin namoyish qilgan Abduqodir Husanovga alohida rahmat.

Brian:

Ajoyib uchrashuv bo‘ldi. “Siti” nihoyat o‘z o‘yini topdi. Fodenning qaytishi butun jamoani ruhlantirdi, ularda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni oshirdi. Bunaqa formada “Siti” Premer-ligada ham, Chempionlar ligasidagi ham dahshatli kuchga aylanadi.  Tomoshabop o‘yin ko‘rsatishdi. Jamoaning kayfiyati o‘zgargani sezildi. Maydonning har bir qismida ishonch ko‘rindi.

CF:

Manchester bu gal havorangga burkandi. Janluiji Donnarumma bir necha superseyv ijro etdi, Fil Foden chiroyli gol urdi, Xoland hujumda ideal darajada o‘ynadi, Doku zo‘r paslar berdi. Jamoaviy master klass va Manchester derbisiga xos o‘yin.

Andy:

O‘yin yaxshi bo‘ldi, lekin hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. “Siti” juda ko‘p to‘p yo‘qotdi va raqib kuchliroq jamoa bo‘lganida jazolashi ham mumkin edi.

Uchrashuvning ijobiy tomonlaridan – Xoland va Fodenning ajoyib o‘yinini ko‘rsatish mumkin. Abduqodir Husanov naqadar zo‘r o‘yinchi ekanini yana bir karra isbotladi. Donnarumma Manchesterdagi faoliyatini ajoyib debyut bilan boshladi.

Agar jamoa xuddi shu ishtiyoqini “Napoli” bilan o‘yingacha saqlab qrlsa, Evropa Chempionlar ligasini g‘alaba bilan boshlash uchun zo‘r imkoniyat paydo bo‘ladi.

“Manchester Yunayted” fanatlari:

Mark:

Himoya mana shunaqa rasvo o‘ynab tursa, hujumchilarga 200 million funt sarflashning umuman keragi yo‘q. Uchala himoyachi ham juda sekin harakat qiladi. Ishtiyoq qani?

Andy:

“Yunayted” gol urishni boshlashi kerak. Hujumni kuchaytirilishi to‘g‘ri bo‘lgan, ammo himoya juda bo‘sh. Vaqt o‘tkazmay, o‘yinni barqarorlashtirish uchun to‘rt himoyachi bilan bir chiziqli himoya variantiga o‘tish kerak.   Agar bu usul ish bersa, demak Ruben Amorim taktik xatoga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lib chiqadi. Menga Amorim yoqadi, unga vaqt berilishi kerak, ammo u qaysarligi bilan o‘ziga o‘zi chox qaziyapti.

Rob:

Amorim har doim “Biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak”, deyapveradi. Buni biz ham bilamiz. Dekin bundan nima naf? Ahvol hafsalani pir qilyapti. Bosh murabbiyni haydab, klassik taktik sxemalarga qaytish kerak.

Graham:

Yana bir dahshat. Jamoamizda sifat yo‘q. Biz Ugartega ishonib o‘zimizni aldayapmiz. Shou esa piyoda yurgan yo‘lovchiga o‘xshaydi. Bosh murabbiyda aniq reda yo‘q, shunchaki, mas’uliyatdan qochib yuribdi. Hammasini yo‘qotish kerak.

Husanov Gvardiolani lol qoldirdi...

Husanov Lamin Yamalni to‘xtata oladimi?

Shomurodov qaysi mashhur klublarga gol urgan?

“Manchester Yunayted” yulduzlarini o‘tkazmagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Gol urgan Shomurodov haqida ustozi nima dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!