Elize Mertens va Arina Sobolenko tandemi finalga yo‘l oldi

Indian-Uells shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning juftliklar bahslarida barcha finalchilar nomi aniq bo‘ldi

Kanadalik Gabriela Dabrovski va xitoylik I-Fan Syu yarim final bosqichida belgiyalik Elize Mertens va belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda Arina va Elize 6:2, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Sobolenko va Mertens juftligi so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida chexiyalik Barbora Kreychikova hamda Katerjina Sinyakova bilan raqobatlashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!