
Layloni to‘xtatib bo‘lmadi
Qozog‘istonda iste’dodli yosh tennischilar ishtirokida tashkil etilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Qizlar musobaqasida ikkinchi raqamda saralangan Laylo Bahodirova ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Eva Garkushani 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yana bir tennischimiz Milana Maslenkova esa qozog‘istonlik Diana Jalgasovadan 3:6, 6:4, 6:1 hisobida ustun kelib, chorak finalga chiqdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Mark Tryakshin ukrainalik Aleksey Shestakovni 6:3, 6:4 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, Odil Karimov raqibiga yutqazdi.
Fikrlar